Rossiyada oʻrmonga tashlab ketilgan oʻzbekistonlik muhojirning suyaklari topildi

Saqlash
22:24 / 09.09.2024 1175 0

Bir qator moskvalik politsiyachilar oʻrmonda qoldirilgan oʻzbekistonlik mast erkak ishi boʻyicha sudlanadi. Bu haqda Mash telegram-kanali xabar berdi.

 

Ular joriy yilning may oyida erkakni “oʻziga kelib olishi” uchun oʻrmonga tashlab ketgan. Oʻzbekistonlikning hayvonlar talagan tanasi esa 3 oydan soʻng, sentyabr oyida topilgan.

 

45 yoshli Oybek 19-may kuni Likino-Dulyovo shahrida qoʻlga olingan. Migrant reallikdan uziladigan darajada mast boʻlgan. Shuning uchun uni Dubrovo va Zagryajskaya qishlogʻi orasidagi oʻrmonga olib borib, unutib qoldirishgan.

 

Uyi tomon olib boradigan yoʻlni unutgan Oybekning yaqinlari uni qidiruvga bergan. Biroq bir necha oydirki, uni topishni uddasidan chiqishmagan. Keyinchalik, yaʼni sentyabr oyida uning hayvonlarga yem boʻlgan tanasi oʻrmondan topilgan.

 

Keyinroq mahalliy politsiyaning kichik leytenanti va katta serjanti ishdan haydalgan. Endilikda ular vakolatini suiisteʼmol qilganligi uchun sudda javobgarlikka tortilishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//