Jamiyat
Kecha, 8-sentyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpia oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi.
28-avgust – 8-sentyabr kunlari tashkil etilgan musobaqalarda Oʻzbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza – jami 26 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Mazkur koʻrsatkich mamlakat tarixidagi eng yaxshisi boʻlib, delegatsiya umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egalladi.
Bu bilan Oʻzbekiston Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, Markaziy Osiyo, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar orasida esa eng yaxshi natijaga ega boʻldi.
Musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi bugun Vatanga qaytib keladi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112428
Jamiyat
95087
Jamiyat
91306
Jamiyat
76005
Jamiyat
//
Izoh yo‘q