Bastakor Musoxon Nurmatov vafot etdi

Saqlash
09:34 / 09.09.2024 1063 0

Mansurxon Nurmatovning akasi, bastakor Musoxon Nurmatov 56 yoshda vafot etdi. Bu haqida bastakorning oʻgʻli Yusufxon Nurmatov oʻz Instagram sahifasida maʼlum qildi.

 

Nurmatov 1968-yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida oʻzbek milliy estrada sanʼatidagi yuzlab qoʻshiqlar musiqasining muallifi hisoblanadi. Jumladan, koʻplab sanʼatkorlar – Ozodbek Nazarbekov, Shohjahon va Zohirshoh Joʻrayev, Abdurashid Yoʻldoshev, Bahrom Nazarov, ukasi Mansurxon Nurmatov va oʻgʻli Yusufxon Nurmatov bilan ijodiy hamkorlik qilgan.

 

Uning “Laylim”, “ U goʻzal boshqa”, “Adashdim”, “Yana sogʻindim, yana”, “Meni sevib qolsayding”, “Xabaring yoʻq”, “Qizmi bu, kiyikmi bu”, “Davraga tushgan goʻzal”, “Oh, mani vatanim bu”, “ Kelin boʻlib ketar boʻlding Laylo”, “Toʻlin oy”, “Naysonim Vatan” kabi oʻnlab qoʻshiqlari mashhur.

 

Shuningdek, Nurmatov koʻplab filmlar uchun kuylar bastalagan. “Jurnalist” va “Qodirxon” kabi seriallar suratga olinishida ham ijodkorning gʻoyasi va prodyuserligidan foydalanilgan.

 

Xabarlarga koʻra, Musoxon Nurmatov uzoq vaqtdan buyon ogʻir xastalik bilan kurashib kelayotgan boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//