Sport
15 yoshli Shaxina Yigitaliyeva para yengil atletika bo’yicha ayollar o’rtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturining final bahsida ishtirok etib, 43.12 metr natija bilan kumush medalni qo’lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Shahina Yigitaliyeva delegatsiya tarkibidagi eng yosh sportchi sanaladi.
Huddi shu yo’nalishda ishtirok etgan Roziya Ergasheva 35.98 metr natija bilan 9-o’rinni egalladi.
Temur Giyazov para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturining final bahsida 2.03 metr natija qayd etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Giyazov 2016-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etib, Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Giyazov “Shuhrat” medali sohibi sanaladi.
Izzat Turg’unov Paralimpiya mavsumidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. U para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T11 klassida 100 metrga yugurishda saralash bahslarida marraga 12.82 soniyada yetib keldi. Biroq final bosqichiga chiqa olmadi.
Para yengil atletika bo’yicha erkaklar o’rtasida F57 klassida yadro uloqtirish bo’yicha final bahslarida O’zbekiston sharafini himoya qilgan Yorqinbek Odilov 12.95 metr natija bilan, 8-o’rinni egalladi.
Umumiy hisobda, 6-sentabr kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni yana 3 taga ko’paydi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q