Sport
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi rasmiy timsoli “Bek” ismli oq bo‘ri deb e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, oq bo‘ri obrazi turkiy xalqlar tarixida alohida o‘rin tutadi. Qadimiy afsona va rivoyatlarda u kuch, jasorat, ozodlik va himoya timsoli sifatida tasvirlangan. Shuningdek, yillar davomida “Oq bo‘rilar” nomi O‘zbekiston milliy terma jamoasining ramziga aylanib ulgurgandi.
Shuningdek, Bek — mahalla futbolida ulg‘aygan, katta orzular bilan yashaydigan, g‘alabalarga chanqoq va terma jamoaning haqiqiy muxlisi. U millionlab o‘zbek futbol ishqibozlarining ruhi va ishonchini o‘zida aks ettiradi. Bundan tashqari, ushbu timsol bilan loyihalar va uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Meksika, AQSh va Kanada davlatlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida o‘z tarixida ilk bor ishtirok etadi. Fabio Kannavaro shogirdlari “K” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, unda Kolumbiya, Portugaliya va DR Kongo jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
112283
Jamiyat
94960
Jamiyat
91079
Jamiyat
75841
Jamiyat
//
Izoh yo‘q