Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistonning iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlariga bordi

Saqlash
16:49 / 07.09.2024 1527 0

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistonning iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlariga borib, u yerdagi aholining turmush sharoitini oʻrgandi.

 

 

“Kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasida iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlarga bordik va joylardagi ahvolni oʻrgandik. Ushbu hududlarda yashayotgan aholi hayotini yaxshilash, ular uchun munosib sharoit yaratish borasida qilinadigan ishlar hali koʻp” deb yozdi Prezident yordamchisi oʻz Telegram sahifasida.

 

 

 

Maʼlumot uchun, shu yilning avgust oyida Prezident boshchiligida oʻtgan yigʻilishda Qoraqalpogʻiston aholisini rozi qilish, hayotini yaxshilash, inson qadrini ulugʻlash boʻyicha hudud rahbariyatida tashabbuskorlik yetishmayotgani, tuman hokimlari esa bunga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgani koʻrsatib oʻtilgan edi.

 

Imkoniyatlarni toʻliq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish boʻyicha berilgan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat qilish vazifasi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Tursinxon Xudayberganov zimmasiga yuklatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//