Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining shakli, matni va tavsifi tasdiqlandi. Bu haqida Markaziy saylov komissiyasi matbuot xabar berdi.
Bunda quyidagilar nazarda tutilgan:
▪️ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining bir mandatli saylov okruglari boʻyicha saylov byulleteni;
▪️ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining yagona saylov okrugi boʻyicha saylov byulleteni;
▪️ Viloyat Kengashi deputatlari saylovi boʻyicha saylov byulleteni;
▪️ Tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovi boʻyicha saylov byulleteni.
Xabarda yozilishicha, bir mandatli saylov okruglari boʻyicha Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning familiyasi, ismi va otasining ismi saylov byulleteniga, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari hamda saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlash toʻgʻrisidagi bayonnomalarga lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi tartibida kiritiladi.
Maʼlumot uchun, saylov byulletenlari saylov okrugi (hudud) boʻyicha saylovchilar sonini inobatga olgan holda chop etiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q