Germaniya kansleri Oʻzbekistonga keladi

Saqlash
17:35 / 06.09.2024 1662 0

Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqida Federal hukumat matbuot kotibi Shteffen Xebstreyt maʼlum qildi.

 

Xabarga koʻra, kansler 15-sentyabrdan 17-sentyabrgacha mazkur ikki davlatda mehmon boʻladi. Bu Olaf Sholsning Markaziy Osiyoga ilk safari hisoblanadi.

 

Xabarda yozilishicha, kansler tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama muloqot qiladi. Uchrashuvlarda Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirish nazarda tutilishi taxmin qilingan. Bundan tashqari, asosiy eʼtibori ikki tomonlama va tashqi siyosat masalalariga qaratiladi.

 

Germaniya yetakchisi 17-sentyabr kuni Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo-Germaniya” (5+1) ikkinchi sammitida ham ishtirok etadi.

 

Maʼlumot uchun, birinchi sammit oʻtgan yili Berlinda boʻlib oʻtgan edi va unda strategik mintaqaviy sheriklik tuzilgan. Shu bois kanslerning kelasi haftadagi safari ham mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:42 / 04.10.2024 0 438
10 yoshli bola IELTS'dan 7 ball oldi

Jamiyat

17:35 / 04.10.2024 0 414
Xususiy maktab oʻqituvchilari oʻquvchini urdi

Jamiyat

16:38 / 04.10.2024 0 314
Ijodiy faoliyatga oid qonun qabul qilindi

Jamiyat

14:43 / 04.10.2024 0 396
Ertaga 9 ta viloyatda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

//