Dam olish kunlarida kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Saqlash
15:27 / 06.09.2024 1472 0

Foto: Afisha.uz

 

6–8-sentyabr kunlari uchun Oʻzbekiston boʻyicha kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.

 

Oʻzgidrometning xabariga koʻra, bugun Oʻzbekiston hududiga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi.

 

Kunduz kuni havo biroz bulutli boʻladi. Respublikaning katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

 

Dam olish kunlarida ham respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 10-15, kunduz kunlari esa 22-27 darajagacha pasayadi.

 

6–7-sentyabr kunlari togʻ oldi va togʻli hududlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. 7-sentyabrda baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Bu kunlarda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

7-8 sentyabr kunlari Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 10-13, kunduz kunlari esa 24-27 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//