Jamiyat
Sirtqi taʼlim shaklida talabalikka qabul qilinganlar ham sentyabrdan oʻqishga borishi kerak.
Bunga sabab, ularning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida buyruq chiqishi uchun ularning ayrim hujjatlari talab etiladi.
Jumladan, talabalar quyidagilarni taqdim qilishi kerak:
▪️ umumiy oʻrta taʼlimni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat asl nusxasi (kollej, litsey diplomi yoki maktab attestati);
▪️ oʻqishga qabul qilinganliklari toʻgʻrisidagi qayd varaqasi;
▪️ sakkiz dona shaxsiy fotosurat (3×4);
▪️ harbiy guvohnoma yoki roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma.
▪️ imtiyozlar mavjud ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning asli (agar imtiyoz mavjud boʻlsa);
▪️ milliy yoki xalqaro sertifikatlardan foydalangan boʻlsa, asl nusxasi;
▪️ papka (“Дело”).
Xabarda sirtqi taʼlimga kirgan talabalar OTM bilan bogʻlanish va bu haqida maʼlumot olishni kechiktirmasligi tavsiya etilgan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q