Jamiyat
Toshkent viloyatining hududiy chegarasi oʻzgarishi mumkin. Bu haqida Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, kecha, 5-sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtgan.
Qaror loyihasida viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida bir qator oʻzgartirishlar kiritish shlar taklif qilingan.
Jumladan, takliflar quyidagicha:
▪️ Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston Boyovut tumanlari va Shirin sh) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga oʻtkazilishi;
▪️ Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq. Oqqoʻrgʻon, Boʻka, Bekobod tumanlari va Bekobod sh) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga oʻtkazilishi (oʻrtadagi farq – 36,8 gektar);
▪️ Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga oʻtkazilishi;
▪️ Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga oʻtkazilishi (oʻrtadagi farq – 12,5 gektar).
Maʼlum boʻlishicha, mazkur qaror loyihasi deputatlar tomonidan maʼqullangan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q