
Jamiyat
Kontrakt toʻlovini amalga oshirish muddatlari aniq boʻldi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha:
◾️ belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha;
Ma'lumot uchun, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun esa ushbu 25 foizli summa 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha to'lanishi kerak.
◾️ belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha;
◾️ belgilangan toʻlov miqdorining kamida 75 foizi 2025-yil 1-martgacha;
◾️ belgilangan toʻlov miqdorining 100 foizi 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha to'lanishi shart.
Taʼkidlanishicha, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q