Madaniyat
Xususan, Satilganov nomidagi Qirgʻiz milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori Nur Omurbayev “Oʻzbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston prezidentning “Qirgʻiz Respublikasining madaniyat va sanʼat sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar berish toʻgʻrisida”gi farmoni eʻlon qilindi.
Farmonda mamlakatlar oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari hamda strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish borasidagi katta xizmatlari, oʻzining yorqin va betakror isteʼdodi, musiqa va qoʻshiqchilik yoʻnalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va sanʼat sohalarida muloqotni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, maʼnaviy qadriyat va anʼanalarimizni asrab-avaylash va boyitishga qoʻshgan munosib hissasi, qardosh xalqlarimiz orasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlash yoʻlidagi ibratli ishlari uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilishi maʻlum qilindi.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni T.Satilganov nomidagi Qirgʻiz milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori Omurbayev Nur Santashevichga,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni esa Qirgʻiziston Respublikasidagi erkin ijodkori, komuz sozandasi Duyshenbek uulu Zakirbekga berildi.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q