Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-sentyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinini takomillashtirish hamda tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.
Davlat rahbari tibbiyot yoʻnalishidagi islohotlarni xalqning, ayniqsa, olis hududlardagi aholining talab va ehtiyojlarini chuqur oʻrgangan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligini taʼkidladi.
Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlardan yana biri – davlat tibbiy sugʻurtasi ekani taʻkidlandi. Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini shu yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy etish taklif etildi.
Buning uchun 2024-yil yakuniga qadar “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi. Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish boʻyicha oʻqitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi.
Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi. Sugʻurta doirasida tibbiy xizmatlarni koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini boshqa hududlarda 2026-yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q