Jamiyat
Xalq demokratik partiyasi raisi Ulugʻbek Inoyatovning maʼlum qilishicha, XDP soliq tizimini isloh qilishni oʻz dasturida taklif qilmoqda.
Inoyatovning “Xalqaro press klub”da aytgan soʻzlariga koʻra, partiya boyliklarning konsentratsiya boʻlishiga qarshi.
“Aytaylik, biz mana shu boyliklarning konsentratsiya boʻlishiga qarshimiz. Mana shunday boyliklarga konsentratsiya boʻlgan holatda, mulk egasi, aytaylik, soliqlarni toʻlash masalasida unga soliq stavkasining oshirilgan boʻlishi (lozim) yoki daromad soliqlarini hisoblashda tabaqalashtirilgan soliq tizimiga oʻtish (kerak). (Soliq tizimidagi) hammaga bir xil yondashuv bugungi kunda bizni qoniqtirmaydi. Chunki kam daromad oladigan kam, koʻp daromad oladigan koʻproq soliq toʻlashi kerak” deydi XDP Markaziy Kengashi raisi.
Taʼkidlanishicha, hozirda partiya soliq tizimi boʻyicha mazkur taklifni bildirmoqda.
Madaniyat
Jamiyat
Sport
Sport
Jamiyat
Jamiyat
110169
Jamiyat
94337
Jamiyat
90217
Jamiyat
73604
Jamiyat
//
Izoh yo‘q