Jamiyat
“Onamning duosi meni asraydi” qoʻshigʻi uchun Sardor Mamadaliyev tovon puli va maʼnaviy zarar toʻlaydigan boʻldi. Bu haqida advokat Behzod Gʻaniyev maʼlum qildi.
U koʻrsatgan sud hujjatiga koʻra, daʼvogar Joʻrayev Asadulla Jumayevich oʻz muallifligidagi “Qargʻish” nomli sheʼrni javobgar Mamadaliyev Sardor Maʼrupovich “Ota-onamning duosi” nomli qoʻshigʻida foydalanganini, shuningdek, xonanda konsertlarda ham bu qoʻshiqni kuylagani va unga klip ham olgani uchun tovon puli hamda maʼnaviy zarar undirishni soʻrab, sudga daʼvo arizasi kiritgan.
Sud hujjatlarida yozilishicha, “Qargʻish” ijodiy asarining (sheʼrining) muallifi daʼvogarning oʻzi ekanini “Sharq Yulduzi” jurnalining 1990 yildagi 9-soni va “www.ziyouz.com kutubxonasi” rasmiy internet sayti bilan isbotlanishi qayd etgan.
Shoir suddan quyidagilarni soʻragan:
▪️ maʼnaviy zarar uchun – 50 mln soʻm;
▪️ tovon puli uchun – 132 mln soʻm;
▪️ “Ota-ona duosi” qoʻshigʻini ijro etish yoki kuylashni taqiqlash;
▪️ Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha radio va televideniyelarda “Ota-ona duosi” qoʻshigʻini efirga uzatilishini, namoyish qilinishini, ijro
etilishini taqiqlash.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2023 yil 15 sentyabrdagi hal qiluv qaroriga koʻra daʼvogarning daʼvo talablari qisman qanoatlantirilgan:
Xususan, sudning hal qiluv qarori bilan:
▪️ shoir foydasiga xonandadan 66 mln soʻm miqdorda tovon puli;
▪️ 15 mln soʻm miqdorda maʼnaviy zarar undirish;
▪️ xonanda qoʻshiqni qayta ijro etish, oʻzining ijrosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish hamda konsert dasturida foydalanish uchun shoir va bastakordan ruxsat belgilangan.
Advokat Gʻaniyevning yozishicha, sud hal qiluv qarori yuqori instansiyalarda bekor qilinmagan va bugungi kunda ham qonuniy kuchda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q