Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan maktablardan birida soliq xodimi 2-sinf bolalariga yer-mulk soligʻini toʻlash haqida eslatmalar tarqatdi.
“Tuman soliq inspeksiyasidan kelyapmiz. Sizlardan bitta iltimosim bor. Mana, eslatma. Hammalaringiz ota-onalaringizga olib borasizlar. Yashab turgan uy-joylaringning mol-mulk va yer soliqlarini Soliq inspeksiyasiga borib yoki telefondagi Soliq ilovasidan hisoblatib, toʻlashlari kerak. Shunga, iltimos qilardim, hozir tarqatib chiqadi, uy kimning nomida boʻlsa, borib, soliqni hisoblab toʻlaydi. Bir yilda soliq, masalan, ikki boʻlib toʻlanadigan boʻlsa, 15-aprel va qolganini 15-oktyabrga qadar deb aytib oʻtilgan”, – degan xodim 2-sinf oʻquvchilariga qarata.
Shuningdek, u Konstitutsiyaning 63-moddasidagi bandni ham oʻqib, oʻquvchilarga eshittirgan.
Mazkur holat yuzasidan Soliq qoʻmitasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unda yozilishicha, davlat soliq xizmati organlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablardan birida boʻlgan holatni nooʻrin xatti-harakat deb hisoblaydi va keskin qoralaydi.
Endilikda Soliq qoʻmitasi rahbariyati ushbu xodimning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlagan.
Shu bilan birga, barcha hududiy soliq organlari xodimlariga ogohlantirishlar berilgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q