Alisher Navoiy haykali Turkiyada ham o‘rnatildi

Saqlash
18:59 / 03.09.2024 1348 0

Alisher Navoiy haykali Turkiyaning Anqara shahrida ham o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.


Unga ko'ra, haykalning ochilish marosimi “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari doirasida tashkil etilgan.

Ma'lum bo'lishicha, elchixona hamda Kechio‘ren tumani tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda, Turkiya Tashqi ishlari vazirligi, TURKSOY tashkiloti, Anqara shahri va tumanlari hokimliklari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, navoiyshunos va tilshunos olimlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etgan.

“Bugungi kunga qadar Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul va Boku shaharlarida Alisher Navoiy haykallari o‘rnatilgan. Binobarin, Anqarada buyuk ajdodimizning ulug‘vor haykalining ochilishi nafaqat bizlar uchun, balki Turkiyadagi barcha birodarlarimiz, hattoki butun turkiy dunyodagi qardoshlarimiz uchun katta sharaf ekaniga chin dildan ishonaman”, deydi elchi ochilish marosimida.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//