Rossiyadagi YTHda 11 nafar oʻzbekistonlikdan 7 nafari halok boʻldi

Saqlash
11:13 / 03.09.2024 1025 0

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar berishicha, 1-sentyabr kuni Nijniy Novgorod viloyatining Navashinskiy tumanida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. YTH oqibatida halok boʻlgan sakkiz nafar yoʻlovchining yetti nafari Oʻzbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. 3 nafar oʻzbekistonlik esa turli tan jarohatlari bilan Nijegorod viloyatining tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

 

Nijniy Novgorod politsiyasi bergan xabarga koʻra, 11 nafar oʻzbekistonlik boʻlgan avtomobil 1992-yilda tugʻilgan Tojikiston fuqarosi boshqaruvida boʻlgan.


Halok boʻlganlarning jasadlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga muvofiq, mamlakat Hukumati tomonidan tez orada oʻz vataniga qaytariladi. Barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrilayotgani, holat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasining Moskvadagi Elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingani aytiladi xabarda.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Oʻzbekistonning Moskvadagi Elchixonasi Konsullik boʻlimining Call-markaziga murojaat qilish mumkin: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76, hamda, Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi: +7 843 526-55-63.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//