AQSH poytaxti meri 1-sentabrni Vashingtonda O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb e’lon qildi

Saqlash
21:49 / 02.09.2024 1012 0

AQSh poytaxti meri Muriyel Bauzer O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligini yuksak sharaflab, 1-sentabrni Vashingtonda “O‘zbekiston mustaqilligi kuni” sifatida rasman e’lon qildi, deya xabar berdi “Dunyo” nashri.

 

Mazkur e’tirof O‘zbekiston mustaqilligiga bo‘lgan hurmat, shu bilan birga, o‘zaro mustahkamlanib borayotgan O‘zbekiston va AQSh munosabatlari hamda Amerika poytaxtidagi o‘zbek jamoatchiligi faoliyatiga bo‘lgan yuksak ehtiromdan dalili bo‘lishi ta’kidlandi.


Vashington shahri meri O‘zbekiston Mustaqillik kunining ahamiyatini ta’kidlab, AQSH O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganligini qayd etgan.


Merning maxsus bayonotiga ko‘ra, AQSh va O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, jumladan, chegara va mintaqaviy xavfsizlik dasturlari, madaniy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, ingliz tilida ta’lim berishni rivojlantirish bo‘yicha mustahkam, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirmoqda. 


“Vashington shahri Amerika Qo‘shma Shtatlarining poytaxti sifatida O‘zbekiston mustaqilligi va uning jahon miqyosidagi ahamiyatini katta hurmat bilan e’tirof etadi”, degan AQSh poytaxti meri.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//