Jamiyat
2 sentyabr kuni davlat tashkilotlari vakillari va Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yig‘ildi.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
.jpg)
Islom Karimov mamlakat mustaqilligini e’lon qilgan va uni taraqqiyot yo‘liga olib chiqqan yetakchidir. Davlat rahbari Mustaqillik bayramidagi nutqida buning tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidladi.
“Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik”, dedi Prezident.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi. Birinchi Prezidentning yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, aholi turmushini yaxshilash borasidagi xizmatlari yodga olindi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham Birinchi Prezident haykaliga gullar qo‘ydi.

Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111064
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74539
Jamiyat
//
Izoh yo‘q