
Jamiyat
Mustaqillik bayrami arafasida “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmon imzoladi, deb xabar berdi OʻzA.
Mazkur Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 522 nafar shaxs afv etilgan.
Xususan, ularning 159 nafari asosiy jazodan ozod qilingan boʻlsa, 303 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod etilgan. 60 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi esa yengilroq jazo bilan almashtirilgan.
Xabarda keltirilishicha, afv etilganlarning 19 nafari chet el fuqarosi, 56 nafari ayol, 25 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklar hisoblanadi.
Yana 233 nafarini yoshlar (shulardan, 1 nafari voyaga yetmagan) va qolgan 27 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Ushbu afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarga Farmon ijrosi yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgan.
Siyosat
Sport
Jahon
Ilm-fan
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q