Jamiyat
Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida ish bor, deb xabar berdi Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Maʼlum boʻlishi, mazkur ish haftasiga 40-48 soat boʻlib, buning uchun oyiga 200 mingdan iyenadan 235 ming iyenagacha (1350–1600 AQSh dollari) maosh beriladi.
Shuningdek, qoʻshimcha ish soatlari uchun ustama haq toʻlanadi.
Bundan tashqari, tanlovdan oʻtgan oʻzbekistonliklarning Yaponiyaga borish aviachiptasi, aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha yetkazish xarajatlarining barchasi ish beruvchi hisobidan boʻladi.
Ariza topshiruvchi nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
▪️ Yapon tilini kamida N5 darajada bilish;
▪️ 18-30 yoshdagi erkaklar;
▪️ Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
▪️ Sudlanmagan va sogʻlom;
▪️ Kamida 3 yil ishlashga tayyor boʻlish.
Tanlov ish beruvchi vakillari bilan suhbat asosida oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, boʻsh ish oʻrinlarining soni 20 ta. Qiziqish bildirganlar esa hozircha 940 nafardan oshgan.
Roʻyxatdan ushbu manzil orqali oʻtish mumkin. Ariza topshirish jarayonlari 31-avgust kuni, soat 17:00 gacha davom etadi.
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q