
Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga Qarshi shahrida yashovchi 21 yoshli fuqaro tomon murojaat kelib tushdi.
Fuqaro Tashqi ishlar vazirligi orqali Bosh konsulxona bilan bogʻlanar ekan, oʻz murojaatida onasining Istanbulga 4 yil oldin ketgani, 3 yildan beri aloqaga chiqmayotganini aytgan va onasini topish hamda vatanga qaytarishda yordam soʻragan.
Olib borilgan tekshirishlar natijasida 1982 yil Qarshi shahrida tugʻilgan X.D. (bolaning onasi) Turkiyaning Ushoq shahrida ekanligi, 2020-yildan buyon Turkiya fuqarosi M.G. tomonidan erkiga xilof ravishda tutqunlikda ushlab turilganligi aniqlangan.
Xabarga koʻra, joriy yilning 27-avgust kuni Bosh konsulxona, Tashqi mehnat migratsiyasining Istanbul shahridagi vakili, “Oʻzbek ayollari huquqlarini himoya qilish” jamiyati va Turkiya Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tezkor tadbir tashkil etilib, ayol hayotiga va sogʻligiga ziyon yetkazilmagan holda qutqarilgan holda Ushoq shahar ichki ishlar boshqarmasiga yetkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, endilikda Turkiya qonunchiligiga binoan shaxsni erkiga xilof ravishda tutqunlikda saqlaganligi uchun M.G.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan X.D.ni esa hozirda Vatanga qaytarish boʻyicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda.
Siyosat
Sport
Jahon
Ilm-fan
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q