Siyosat
Ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, shuningdek, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘iston hukumati vakillari qatnashgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur xalqaro savdo markazining birinchi qismi ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligini rivojlantirish maqsadida qariyb ikki yil avval foydalanishga topshirilgan. “Tolibon”ga u ochilishi bilan afg‘on tadbirkorlari markazga vizasiz tashrif buyurishi va u yerda 10 kungacha qolishi mumkinligini bildirilgan.
Ramziy tasma kesilib, Markaz rasman ochilganidan so‘ng diplomatik korpus vakillari “Termiz xalqaro savdo markazi” faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Termiz shahrida Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar hamda Ozarbayjon Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafayev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q