
Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz”ning 4,8 mlrd soʻmga yaqin savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 29-moddasi buzilganiga oid alomatlarni aniqlangan va AJga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali oʻtkazilgan savdolarda “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablari buzilganlik alomatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Raqobat qoʻmitasi.
Oʻrganishlar natijasiga koʻra, 2 ta, jami 4,8 mlrd soʻmga yaqin eng yaxshi taklifni tanlash savdolarida mazkur alomatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga koʻra, “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “Oʻzbekneftgaz” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.
Qoʻzgʻatilgan ish oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng qoʻshimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.
Siyosat
Sport
Jahon
Ilm-fan
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q