Bahodir Jalolov va Hasanboy Doʻsmatovga podpolkovnik unvoni berildi

Saqlash
14:28 / 29.08.2024 1196 0

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Hasanboy Doʻsmatovga “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni va muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi.

 

Yozgi Olimpiada oʻyinlarida munosib ishtirok etgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylari ragʻbatlantirildi, deb xabar bermoqda idora axborot xizmati.

 

Jumladan, Bahodir Jalolov va Hasanboy Doʻsmatovga Milliy gvardiyaning “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni va esdalik sovgʻasi topshirildi hamda ular muddatidan oldin podpolkovnik boʻldi.

 

Shuningdek, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichov, Oʻzbekiston terma jamoasi katta murabbiyi — Rahmatjon Roʻzioxunov hamda boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi podpolkovnik Elshod Rasulovga “Milliy gvardiya fidoyi xodimi” koʻkrak nishoni berildi.

 

Kichik serjant Navbahor Xamidova, safdor Ziyoda Abdusattorova va Amirxan Sadikov pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//