
Jamiyat
Oliy taʼlim tizimida 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar berdi Taʼlim nazorati kanali.
Maʼlum boʻlishicha, “Registrator ofisi”ning funksional vazifalariga oʻquv boʻlimi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻlimi, ilmiy boʻlim, xalqaro aloqalar boʻlimlarining vazifalari oʻtkaziladi.
Shuningdek, unda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
▪️ talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash;
▪️ registrator maʼlumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash;
▪️ transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish;
▪️ bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish;
▪️ talabalar kontingenti boʻyicha statistika yuritish.
Bundan tashqari, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur yangi boʻlimda qabul qilinadi.
Xabarda yozilishicha, “Registrator ofisi”ni malakali (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba oʻtagan shaxslarga ustuvorlik beriladi ) xodimlar bilan toʻldirish koʻzda tutilgan.
Siyosat
Sport
Jahon
Ilm-fan
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q