Jamiyat
Mahalla faoliyatida faol ishtirok etayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlanadi, deb xabar berdi Hudud24.
Nashr bu oʻrinda 2021-yil 21-fevraldagi Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomni keltiradi.
Mazkur nizom Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida boʻlib, ushbu hujjatga koʻra 2021-yil 1-martdan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha BHMning 50 foizi miqdorida har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanishi belgilangan.
Bunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati(mahalla)da faol ishtirok etayotgan koʻchaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy koʻrsatkichlar orqali baholanadi.
Jumladan, mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan koʻcha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat koʻrsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball toʻplagan taqdirda toʻlanadi.
Xabarga koʻra, agar koʻchaboshi va uyboshilar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etmasa, kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanishi muddatidan oldin toʻxtatiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q