“Ipak Yoʻli” banki javobgarlikka tortildi

Saqlash
16:39 / 28.08.2024 784 0

“Ipak Yoʻli” AITBga nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Bu haqida Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, “Ipak Yoʻli” AITB tomonidan eʼlon qilingan “Universal” va “Milliy” nomli omonat turlari reklamasida “Universal” omonat turi boʻyicha yillik foiz stavkasi 22 foiz, “Milliy” omonat turi boʻyicha yillik foiz stavkasi 25 foiz ekanligi haqida axborotlar berilgan.

 

Bankning rasmiy veb-sayti tekshirilganda esa, “Universal” omonat turi boʻyicha omonatga qoʻyilgan mablagʻlar boʻyicha yilning dastlabki 6 oyi uchun, depozit hisobraqamlari yopilishi muddatiga qarab, yillik 14 foiz stavka va yilning keyingi 6 oyi uchun 18 foiz stavka boʻyicha qayta hisoblab chiqilishi haqida maʼlumot koʻrsatib oʻtilgan.

 

Ammo yuqorida keltirib oʻtilgan reklama vositalarida “Universal” nomli omonat turi haqidagi boshqa muhim maʼlumotlar toʻliq berilmagan.

 

Mazkur holat boʻyicha qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16- va 43-moddalari va “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Ipak Yoʻli” AITBga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan va natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanilgan.

 

Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berib oʻtilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//