Jamiyat
Prezident Qarori bilan Milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Maʼlum boʻlishicha, jamgʻarma aksiyadorlik jamiyati shaklida boʻladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.
Jamgʻarmaning 2030-yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga koʻra dividendlar toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga koʻra, quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilangan:
▪️ jamgʻarma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
▪️ jamgʻarma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;
▪️ jamgʻarma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
▪️ jamgʻarma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga oʻtish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.
Taʼkidlanishicha, jamgʻarma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi oʻtkaziladigan korxona va tijorat banklarining roʻyxati tasdiqlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q