Jamiyat
Yoshlar ishlari agentligida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 18-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni ijrosi doirasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi.
Tanlov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bosh tashkilotchiligida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Yettita nominatsiya bo‘yicha o‘tkazilgan bu yilgi tanlovda 345 nafar ijodkor o‘zining 2 ming 100 dan ortiq ijodiy ishi bilan qatnashdi.
“Eng ulug‘, eng aziz” anʼanaviy ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari bilan tanishing.
“Bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin
Bozorov Faxriddin – “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar haqida eʼlon qilgan dolzarb publitsistik maqolalari uchun;
2-o‘rin
Abdusamatova Muqaddas – erkin ijodkor.
Vatanparvarlik, milliy qadriyatlarni ulug‘lash, mamlakatimizda nuroniy va keksalarni eʼzozlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xususida respublikamizning markaziy nashrlarida eʼlon qilgan turkum maqolalari uchun;
2-o‘rin
Asilbekov Islom – “Hurriyat” mustaqil gazetasi muxbiri.
Ekologik muammolar va yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishga doir tanqidiy-tahliliy maqolalari uchun;
3-o‘rin
Qosimov Xolboy – “Qadriyat” gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri.
“Bulung‘urim – g‘ururim”, “Ko‘chalardagi qora dog‘lar”, “Mashhur adibni eslab” singari ocherk va esselari uchun.
“Televideniye va radio ijodkorlarining eng yaxshi materiallari” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin
Atadjanova Gulnora – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent viloyati teleradiokanali” davlat muassasasi “Nurafshon TV” muxbiri.
Yangi O‘zbekistonda ro‘yobga chiqarilayotgan bunyodkorlik ishlari, ona yurtimizda bo‘y ko‘rsatayotgan yangilanishlar yoritilgan qator telereportajlari uchun;
2-o‘rin
Maxamadsaidova Halima – “O‘zbekiston” radiokanali “Madaniy-maʼrifiy, badiiy eshittirishlar” muharririyati bo‘lim mudiri.
Qatag‘on qurbonlari – Muftiy Sadriddinxon Sharifxo‘jayev, Mirkomil Mirsharopov, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova, Bobooxun Salimov singari millatimiz fidoyilari haqida tayyorlagan radiofilmlari uchun;
3-o‘rin
Xushnazarova Aisha – “Mening yurtim” telekanali “Hudud” informatsion dasturi muxbiri.
Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga oid mavzulardagi turkum tahliliy telereportajlari uchun.
“Internet jurnalistikasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin
Karimova Maftuna – “Ishonch.uz” muxbiri.
Internet tarmog‘ida eʼlon qilingan dolzarb mavzulardagi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun;
2-o‘rin
Usmonova Nazokat – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bo‘lim mudiri.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanish va o‘zgarishlar haqidagi tahliliy materiallari, xabarlari uchun;
2-o‘rin
Rustamov Sirojiddin – “Oyina.uz” sayti jurnalistii.
Ijtimoiy-iqtisodiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy mavzulardagi materiallari uchun;
3-o‘rin
Ramazonova Ziyoda – “Gazeta.uz” muxbiri.
Taʼlim, fan va madaniyat sohalariga oid dolzarb tanqidiy-tahliliy materiallari uchun.
“Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin
Bahriyev Karim – “Oltin meros” xalqaro jamoat fondi “Meros-news” axborot xizmati rahbari.
“Betoqat” nomli publitsistik maqolalar jamlangan kitobi uchun;
2-o‘rin
Xojamuratova Perdegul – erkin ijodkor (Qoraqalpog‘iston Respublikasi).
Qoraqalpoq xalqining milliy qadriyatlari, el ardog‘idagi atoqli kishilar hayot yo‘liga oid qator publitsistik maqola va ocherklari jamlangan “Anam tusime yengen kun” kitobi uchun;
3-o‘rin
Hayitov Faxriddin – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
“Osmon yerga yaqin” nomli publitsistik maqolalar jamlangan kitobi uchun.
“Yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin
Meliboyev Ahmadjon – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
“Yuz tahlil” kitobi uchun;
2-o‘rin
Ernazarov Beknazar – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Roman, qissa va hikoyalardan iborat “Tanlangan asarlar”i hamda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining qoraqalpoq tiliga tarjimasi uchun;
3-o‘rin
Ibragimova Gulzebo – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
“Dil maktublari” sheʼriy to‘plami uchun.
“Tasviriy sanʼat, foto va dizayn ishlari” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin
Dehqonov Sultonboy – O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fotorassom.
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari aks ettirilgan turkum fotosuratlari uchun;
2-o‘rin
Irgashev Murtaza – Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati o‘qituvchisi.
“Charxpalak yoki umr yo‘liga tomosha” turkumidagi mato moybo‘yoq tasviriy sanʼat asarlari uchun;
3-o‘rin
Shavkatov Bunyodjon – “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi dizayneri.
“Mustaqillik – Yangi O‘zbekistonning mustahkam asosidir” mavzusidagi dizaynerlik ishlari uchun.
“Kino sanʼati asarlari” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin
Ahmedov Jahongir – kinorejissyor.
“Bahodir Yalangto‘sh” nomli tarixiy-biografik to‘liq metrajli badiiy filmidagi rejissyorlik ishi uchun;
2-o‘rin
Hamdamov Shohruh – kinoaktyor.
“Qora tuynuk sxemasi” kinoserialidagi soliqchi – bosh rol ijrosi uchun;
3-o‘rin
Islomova Mohichehra – kinoaktrisa.
“Xaus” badiiy filmidagi ona obrazi – bosh rol ijrosi uchun.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q