Jamiyat
Kreativ iqtisodiyot boʻyicha IV Butunjahon anjumani Toshkentda oʻtkaziladi. Mazkur anjumanning oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident Qarori qabul qilindi.
Tadbir joriy yilning 2–4-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Hujjatga koʻra, Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuziladi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda 2030-yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2025–2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi loyihasi Butunjahon anjumani yakuni boʻyicha ishlab chiqiladi.
Qarorda keltirilishicha, Butunjahon anjumani doirasida Fransuz madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek, Abulqosim madrasasi va “Ohunguzar” madaniy meros obyektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlari ham oʻtkaziladi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112428
Jamiyat
95087
Jamiyat
91306
Jamiyat
76005
Jamiyat
//
Izoh yo‘q