Turkiy tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratiladi

Saqlash
11:00 / 27.08.2024 666 0

Xalqaro TURKSOY forumi doirasida oʻtkazilgan “Madaniy merosni saqlashda kinoning oʻrni” mavzusidagi anjumanda bir qator madaniy loyihalarning taqdimoti boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi.

 

Taʼkidlanishicha, Islom sivilizatsiyasi markazi multimedia bloki uchun tayyorlangan “Arab tili evolyutsiyasi”, “Masjid”, “Sehrli koʻza”, “Baqtriya tarixi”, “Klavixo”, “Xudoybergan Devonov va nemis mennonitlari” “Muxtor Avezov” kabi videoroliklar turkumi loyihalari, shuningdek “Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumiga oid hujjatli filmlar taqdimoti oʻtkazilgan.

 

Bundan tashqari, TURKSOY forumining OAV faoliyatiga bagʻishlangan maʼruzalarini tinglash davomida turkiy dunyo mamlakatlari kino va OAV uchun yagona platforma yaratish masalalari kabi mavzular muhokama qilingan.

 

Forum soʻngida esa turkiy tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratish toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qabul qilingan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//