Jamiyat
Dangʻara tumanida oʻz xizmat vazifasini bajarayotgan xodim fuqaro tomonidan pichoq bilan hujum qilinishi natijasida vafot etdi, deb xabar berdi Fargʻona viloyati IIB.
Maʼlum boʻlishicha, voqea kecha, 26-avgust kuni, soat 20:45larda sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni Dangʻara tumani IIB profilaktika katta inspektori N.M. oʻz vakolati doirasida muqaddam JKning 276-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan tumanning Shodlik mahallasida yashovchi fuqaro X.E.ni yashash xonadoniga borib, tekshirgan(u soat 18:00dan soat 06:00ga qadar yashash joyini tark etmasligi kerak boʻlgan).
Biroq xodim xonadonga kelganida fuqaroning yoʻqligini koʻrgan. X.E. shu tariqa jazoni oʻtash tartibini buzgan.
Shu vaqtda fuqaro X.E. mast holda yashash xonadoniga tashqaridan kelib, baqir-chaqir qilib, janjal koʻtargan va xonadonda boʻlgan oshxona pichogʻini olib chiqib, kutilmaganda N.M.ning koʻkrak qafasiga sanchib, unga ogʻir tan jarohati yetkazgan. Oʻzi esa voqea joyidan qochib, yashiringan.
Profilaktika inspektori N.M. koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.E. qoʻlga olingan. Unga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q