Jamiyat
Bugun, 26-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilgan.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur qonun loyihasi bilan ishga qabul qilish jarayonida ishga kirayotgan shaxslardan talab etiladigan hujjatlar roʻyxati qisqartirilmoqda.
Jumladan, endi axborot tizimlaridan olish imkoniyati mavjud boʻlgan hujjatlar – shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va mehnat daftarchalarni hamda jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini talab qilish bekor qilinmoqda.
Ushbu qonun loyihasi fraksiya aʼzolari tomonidan maʼqullangan.
Bundan tashqari, yigʻilishda “Xalqaro mehnat tashkilotining haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1970-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ham muhokama qilingan.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112428
Jamiyat
95087
Jamiyat
91306
Jamiyat
76005
Jamiyat
//
Izoh yo‘q