Shavkat Mirziyoyev qozogʻistonlik davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotladi

Saqlash
20:13 / 26.08.2024 896 0

Foto: Kun.uz

 

“Qozogʻiston Respublikasining davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni eʼlon qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy maʼno-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yoʻnalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni faol ilgari surishga qoʻshgan shaxsiy hissasi, shuningdek, ikki mamlakat xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash yoʻlidagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlanadi:

 

Karin Yerlan Tinimbayuli — Qozogʻiston Respublikasining Davlat maslahatchisi;

 

Jeldibay Ruslan Sultanuli — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari boʻyicha yordamchisi;

 

Jumangarin Serik Makashevich — Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;

 

Balayeva Aida Galimovna — Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri;

 

Atamkulov Beybut Bakirovich — Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;

 

Xashimjanov Ikram Akramovich — Qozogʻiston Respublikasi Oʻzbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//