Jamiyat
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi 10-sentabr sanasidan boshlanadi. Bu haqida Haj-umra markazi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar orqali olib borish “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi zimmasiga yuklatilgan.
Ziyoratga boruvchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun boʻladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruh va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar ularga hamroh boʻladi.
Ziyoratchilar Madina shahrida “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Marmara Group Hotel” mehmonxonalarida istiqomat qiladi.
Mehmonxonalar 3-4 oʻrinli boʻlib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar bilan taʼminlaydi.
Taʼkidlanishicha, ushbu shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi.
Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Safar yakunida esa zam-zam suvi hadya qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q