Jamiyat
Foto:Kun.uz
2024-yil 17-avgust kuni shahar obodonlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ish boshlagan Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev mazkur lavozimda bir hafta ham ishlamay ishdan olindi.
Kun.uz'ning maʼlum qilishicha, bu Andijon shahar hokimi Gʻofur Abdurahmonovning tegishli qarori bilan amalga oshirilgan.
Dilmurod Rahmatullayevning ishdan olinganini Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati ham tasdiqlagan.
“Ishdan boʻshatilgani rost, biroq bunga nima sabab boʻlganidan xabarim yoʻq. Birozda ishdan boʻshatilish sabablarini aniqlab aytaman”, deya javob bergan hokimlik matbuot xizmati vakili Kun.uz jurnalistiga.
Maʼlumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev 2019-yil iyun oyida viloyat hokimi tomonidan oʻtkazilgan selektor yigʻilishida qattiq tanqid va haqorat qilingan edi. Oʻsha yili avgustda esa u oʻziga nisbatan fitna uyushtirilayotganini aytib, “Buni qoralayman, laʼnatlayman” deb video eʼlon qilgan. Ana shundan soʻng Rahmatullayev ishdan olingan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q