Jamiyat
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan Chorsu bozori hududidagi kiyim doʻkonlarining birida yongʻin chiqdi. Toshkent shahar FVB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 25-avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan doʻkonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shundan soʻng, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borgan va yongʻin soat 21:06 da oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida kiyim doʻkonining ichki qismi (15 kv/m. maydon) zarar koʻrgan.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112180
Jamiyat
94864
Jamiyat
90940
Jamiyat
75720
Jamiyat
//
Izoh yo‘q