Jamiyat
Rossiya hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqida Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili oʻzining xorijiy hamkasbi — Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish choralari koʻrilayotganligi, Oʻzbekiston masʼul idoralari vakillari tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar ularni hozirda Rossiya Federatsiyasida yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam soʻrab, soʻrov yuborgan.
Soʻrovga binoan Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur koʻmak koʻrsatilgan va bolalar joylashgan hududlarda qulay va munosib shart-sharoit taʼminlangan.
Kecha, 25-avgust kuni esa 9 nafar bola, bundan avval, 22 nafar bola (13 nafari — Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari — Moskva shahridan, 8 nafari — Novosibirsk shahridan, 1 nafari — Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Oʻzbekiston Bolalar ombudsmani mazkur muammo hal etilgach oʻzining xorijiy hamkasbiga minnatdorlik bildirgan va oʻzaro konstruktiv hamkorligini davom ettirilishini taʼkidlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q