Jamiyat
2024-yil birinchi yarim yilligi uchun moliyaviy hisoboti tahlil qilinganda UzAuto Motors rekord darajada foyda olgani maʼlum boʻldi.
Banker kanalining taqdim qilgan maʼlumotiga koʻra, kompaniya foydasi ushbu davrda 1,9 trln soʻm boʻlgan. Yaʼni, oʻsish koʻrsatkichi 65 foizdan yuqori boʻlgan.
Hisobotda keltirilishicha, UzAuto quyidagi koʻrinishda foyda olmoqda:
▪️ daqiqasiga – 7,3 mln soʻm;
▪️ soatiga – 436,7 mln soʻm;
▪️ kuniga – 10,4 mlrd soʻm;
▪️ oyiga – 318,8 mlrd soʻm.
2023-yilga qaralsa, kompaniya 1,9 trln soʻmlik sof foydaga 9 oy davomida erishgan. Bu yil esa mazkur koʻrsatgich uchun 6 oy kifoya qilgan.
Shunday boʻlsa-da, UzAuto davlatga 1,1 trln soʻmlik soliq ham toʻlagan. Shuningdek, 281,8 mlrd soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Kanalning yozishicha, 2024-yil UzAuto Motors uchun oʻz tarixidagi eng muvaffaqiyatli yil boʻlishi mumkin.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110001
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73439
Jamiyat
//
Izoh yo‘q