Sport
Parij-2024 Olimpia oʻyinlarida qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uluga sekundantlik qilgan murabbiy Akmal Hasanov Toshkentda oʻtkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi forumi doirasida munosib taqdirlandi, deb xabar berdi OʻzA.
Hasanovga “Chingiz Aytmatov” medali topshirilgan.
Oʻzbekistonlik boks murabbiyiga ushbu mukofotni Qirgʻiz Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Chingiz Aytmatov nomidagi Issiqkoʻl forumi bosh kotibi Assol Moldokmatova topshirgan.
Shuningdek, taqdirlash jarayonida Qirgʻiz Respublikasi mulozimlari Hasanovga Issiqkoʻlga dam olish uchun yoʻllanma, milliy chopon hamda taniqli moʻyqalam ustasi Sabitjan Babajanov tomonidan chizilgan suratni taqdim etgan.
Oldinroq qirgʻizistonlik bokschiga sekundantlik qilgan oʻzbekistonlik murabbiyni taqdirlash toʻgʻrisidagi Qirgʻiziston hukumati qarori 5-avgust kuni qabul qilingani aytilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q