Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili etib tayinlandi

Saqlash
15:05 / 23.08.2024 1489 0

Parij-2024 Olimpiadasi gʻolibi Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi. Bu haqida Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva xabar berdi.

 

 

Mirziyoyeva bu orqali Oʻzbekiston tarixida yangi sahifa ochilganini taʼkidlagan.

 

“Bu qaror qogʻozdagi gap emas, balki jamiyatimizdagi chuqur ijobiy oʻzgarishlar ramzidir. Diyoraning OLIMPIADADAGI GʻALABASI ilgʻor oʻzgarishlar uchun katalizator boʻlib, butun dunyoga Oʻzbekistonning teng imkoniyatlar va hadsiz salohiyatlar mamlakati ekanini namoyish etadi”, deb yozadi Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari oʻz Instagram sahifasida.

 

 

Shuningdek, u Keldiyorova endi butun bir avlodni ortidan ergashtira olishiga ishonch bildirgan.

 

Oldinroq Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovaga birgalikda loyihalarni amalga oshirishni taklif qilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//