Jamiyat
Quyi palata 1993-yilda qabul qilingan amaldagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun o‘rniga “Davlat siri to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Hujjatda bilan maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 20-avgust kuni bo‘lib o‘tgan majlisida “Davlat siri to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi va Senatga yubordi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar berdi.
Amaldagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun 1993-yilda qabul qilingani bois “bu sohadagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish zarur”.
Ko‘rib chiqilayotgan hujjat davlat sirlarini saqlash sohasidagi vakolatlarni belgilaydi, maxfiylik darajasini, ma’lumotlarni maxfiylashtirish va davlat sirlaridan foydalanishga ruxsat berish muddatini belgilaydi.
Davlat ahamiyatiga molik sirga kiritilishi lozim bo‘lgan to‘rtta toifadagi ma’lumotning cheklangan ro‘yxati tasdiqlanmoqda. Maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati belgilanadi. Unga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar, jinoyatchilik holati, inson huquqlarining buzilishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar maxfiylashtirilmaydi (1993-yildagi qonunga ko‘ra, hozirda faqat fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan ma’lumotlar maxfiylashtirilmaydi).
Davlat sirlariga tegishli ma’lumotlar ro‘yxati 2020-yilda qayta ko‘rib chiqilishi va keyinchalik maxfiylikdan chiqarilishi rejalashtirilgandi. Bu fan va ta’lim, IT va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanishdagi asossiz cheklovlarni bartaraf etish imkonini berishi kerak bo‘lgan.
Bugungi kunda davlat sirlari davlat, harbiy va xizmat sirlariga bo‘linadi.
Davlat sirlari — oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekistonning mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar.
Harbiy sirlar — oshkor etilishi O‘zbekistonning mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar.
Xizmat sirlari — oshkor etilishi O‘zbekiston manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar.
2020-yil oxirida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilish choralarini kuchaytirishni taklif qilgandi. Ular haqidagi ma’lumotlarni davlat sirlariga tenglashtirish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q