Jamiyat
Andijon viloyatining Asaka shahrida tunda mushakbozlik qilganlarga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 22-avgust kuni tungi soat 00:00 lar atrofida Asaka shahrining “Qadriyat” MFY, Xumo ko‘chasida yashovchi bir guruh shaxslar ushbu mahallada yashovchi fuqarolarning tinchligini buzib, mushakbozlik uyushtirayotgani haqida ichki ishlar bo‘limiga murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyiga borilganida, Asaka tumani “Beruniy” MFYda yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan X.A.ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning do‘stlari I.A va A.B.lar aholi tinchligini buzib, mushakbozlik uyushtirgani aniqlanib, ularga nisbatan MJtKning 192-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, tungi vaqtda, ya’ni — soat 23:00 dan 06:00 gacha maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi harakatlarni sodir etish tegishli javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74539
Jamiyat
//
Izoh yo‘q