Jamiyat
IIV ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilgacha uzaytirish mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etib, bunday taklif yoki qo‘shimchalar ko‘zda tutilmaganini bildirdi. Hozirda bu muddat 20 yilni tashkil etadi.
Tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilgacha uzaytirish mumkinligi haqida yolg‘on axborot tarqalmoqda, deya raddiya berdi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, amaldagi “Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun hamda Prezidentning 3413-sonli qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan so‘ng o‘tagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.
“Hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish bo‘yicha taklif yoki qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmagan”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q