Jamiyat
Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Tashabbusli budjet»ning 2024-yilgi 2-mavsumi 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etishini ma’lum qildi.
Fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:
— “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
— portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
— Telegram’dagi rasmiy bot orqali ovoz berishi mumkin.
O‘zbekistonda 13-martdan “Tashabbusli budjet”ga ovoz berish jarayoni boshlanishi belgilangandi. Biroq ovoz berish uchun zarur platforma — OpenBudjet portalida texnik nosozlik kuzatilgani bois 16-martda qayta boshlangandi.
Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q