Siyosat
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 22−23-avgust kunlari Oʻzbekistonda boʻladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda Oʻzbekiston va Ozarboyjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Oʻzaro tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, ishbilarmonlik aloqalarini, shu jumladan hududlararo almashinuvni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya salohiyatini roʻyobga chiqarish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish va boshqa masalalar ham diqqat markazida boʻladi.
Prezidentlar ikki mamlakat biznesi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazishi, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarda ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q