
Jamiyat
Telegramda ommaviy uzilish roʻy berdi.
Код Дурова kanalida yozilishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Telegram'dagi muammolardan shikoyat qilmoqda.
Jumladan, Moskva vaqti bilan 14:30 holatiga koʻra, downdetector.su saytida aynan uzilish boʻyicha 22 mingdan ortiq shikoyatlar qayd etilgan.
Biroq bu nima sababdan sodir boʻlgani aniq emas. Qizigʻi, platformaga VPN orqali kirish va undan cheklovsiz foydalanish imkoni mavjud.
Xabarda taʼkidlanishicha, uzilishlar faqatgina Telegram'da emas, Discord, WhatsApp, Twich, Steam va boshqa xizmatlarda ham kuzatilmoqda.
Quyidagi rasmda Telegram'ning 21-avgust kuni boʻyicha uzilish grafigi keltirilgan. Kuzatish mumkinki, Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da(Moskva vaqti bilan 14:00 da) platformaga toʻgʻridan toʻgʻri ulanish deyarli toʻxtab qolgan.
Foto: downdetector.com
Mazkur suratda esa Telegram'ning hududlar boʻyicha ishlamaslik foizi keltirilgan.
Foto: downdetector.com
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Sport
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q